OʻzTTSA masʼullari Samarqand viloyati hududiy filiallari rahbarlari bilan birgalikda Samarqand shahridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi    hududiy filialida tadbirkorlikni boshlayotgan xotin-qizlar uchun standartlashtirish, metrologiya, sifat tizimlarini joriy qilish va soha oʻynalishlari yuzasidan seminarda ishtirok etib, mavzu yuzasidan maʼlumot berildi.

Oliy maktabning hududiy filiali  2021-yildan boshlab Oliy maktabning Samarqand hududiy filialida  xotin-qizlar va yoshlar uchun 28-ta yoʻnalish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil qilindi. Oʻquv kurslarida “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi, ish qidirayotgan yoki ishsiz sifatida roʻyxatga olingan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar va tadbirkor ayollar faol qatnashmoqdalar.

Oʻtkazilayotgan ushbu oʻquv kurslari bepul  amalga oshirilmoqda. Unda oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish arafasida yurgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan xotin-qizlarga biznes rejani ishlab chiqish, davlat reyestridan oʻtkazish, bankda oʻz hisob varaqalarini ochish, subsidiya, kredit olish shartlari va tartibi hamda tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar boʻyicha atroflicha maʼlumot berilmoqda.

Seminarda Bosh direktor maslahatchilari va filial masʼullari  mahsulot sifati, standartlarga javob berishi,eksport imkoniyatlari, tadbirkorlikni tashkil qilishning asosiy jihatlari yuzasidan huquqiy-mayoriy hujjatlarning mazmun mohiyatini ochib berish orqali qiziqarli maʼlumotlar berdilar, Agentlik faoliyati haqida gapirdilar.

Seminar soʻngida tinglovchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblarini oldilar