Agentlikning tizim-tashkilotlari va hududiy filiallarida Mustaqilligimizning oʻttiz bir yilligiga bagʻishlab “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” mavzularidagi madaniy-maʼrifiy uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.

 Jizzax viloyati hokimi E.Soliyev tomonidan Mustaqillikning 31 yillik bayrami munosabati bilan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va xalqimiz farovonligini taʼminlash yoʻlida fidokorona xizmatlari uchun  «UzTest» markazi, Jizzax filiali eksportga koʻmaklashish byurosi xodimi Jamshid Xudoyberdiyev faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Albatta bunday eʼtibor, xodimlar mehnati samaradorligini oshirishda va tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga katta yordam beradi.