Joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari Bolgariya, Xitoy, Turkiya, Serbiya va Latviya davlatlari ekspertlari bilan soha yoʻnalishlaridagi hamkorlik kengaytirishga qaratilgan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Bolgariyaning  “Dedal – Attestation and Certification” Ltd. muvofiqlikni baholash idorasi ekspertlari boʻlib oʻtgan uchrashuvda qurilish maxsulotlarini Yevropa Ittifoqiga eksport qilishdagi talablar,
SE markirovkasi olish jarayonlari boʻyicha fikr almashildi. Tadbir yakuniga koʻra muvofiqlikni baxolash sohasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishildi.

Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC) hamkorligida mutaxassislar uchun “Elektromobillar sinovi, sertifikatlashtirish, standartlar- Xitoy tajribasi”  mavzusida onlayn treyning seminar tashkil etildi. Ishtirokchilarga standartlashtirish
va muvofiqlikni baxolashda Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC)  ekspertlar tomonidan  bilim va koʻnikmalar berildi.

 Turkiya metrologiya instituti vakillari Agentlik huzuridagi Milliy metrologiya institutida amaldagi loyihalarni ijrosi boʻyicha muloqot olib bordi. Muloqot natijasiga koʻra mavjud kelishuvlarni sifatli va oʻz vaqtida hayotga tatbiq etish borasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishildi.

Halkaro tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirishga aloxida eʼtibor qaratilib IAEA eksperti, Serbiya Respublikasi Belgrad shahridagi “Vincha yadro fanlari intituti” Radiatsion va yadroviy xavfsizlik laboratoriyasi boshlii PhD Milosh Zivanovich (Miloš Živanović) tomonidan Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Ikkilamchi etalonlar dozimetriya laboratoriyasida amaliy mashulotlar olib borildi.

 Latviya Standartlar instituti, Latviya Milliy metrologiya markazi ekspertlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda koʻp qirrali ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari va erishilgan kelishuvlarning amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi