Bugun OʻzTTSA tizimidagi Davlat nazorati departamentida “Ustoz va murabbiylar” kuniga bagʻishlab maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda Toshkent Davlat Texnika Universitetining professor, oʻqituvchilari ishtirok etdilar. Uchrashuvda ustoz, murabbiylikning mashaqqatli va shu bilan birga sharafli tomonlari, yurtimizda ularga koʻrsatilayotgan eʼtibor xususida soʻz bordi.

Shuningdek,tadbirda ustozlarga yosh avlod taʼlim va tarbiyasi hamda soha yoʻnalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlashdek masʼuliyatli faoliyatlarida omad tilab, ularga esdalik sovgʻalar topshirildi.