Respublikamizda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish belgilangan.
Bunday tashabbusning amalga oshirilishi natijasida shaharlarimizdagi yashil maydonlar hududi hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirilishi koʻzda tutilgan. Ushbu xayrli ishga hissa qoʻshish maqsadida, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro filiali jamoasi oʻz hududidagi “S.Baxorziy” mahalla faollari hamkorligida hududda, yangidan qurilish ishlari nihoyasiga yetkazilayotgan Buxoro shahar “Sanoatchilar” koʻchasidagi avtomobil yoʻlining atroflarida mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtkazdilar. Oʻtkazilgan daraxt koʻchatlari ichida olma, gilos, behi, shaftoli, nok, zaldori, Surxondaryo viloyatining Denov shahridan maxsus oldirilgan xurmo hamda archa, va gujum manzarali daraxt koʻchatlari oʻtkazildi.