Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining bir guruh mutaxassislari xizmat safari bilan Koreya Respublikasida boʻlib turibdi.

Uchrashuvlar doirasida masʼullar Koreya standartlar instituti (KATS) va Koreya laboratoriyalarini akkreditatsiya  qilish sxemasi (KOLAS) tashkilotlari vakillari bilan uchrashdilar.

Unda tomonlar standartlashtirish, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida raqamlashtirish boʻyicha tajriba almashib, kelgusida ushbu yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qildilar.

Tajriba almashish davom etmoqda va kelgusi tafsilotlarni kuzatib boring!