Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Qashqadaryo filialida Prezidentimizning Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomalaridan kelib chiqadigan tizimli masalalar yuzasidan siyosiy oʻquv soati oʻtkazildi.
Maʼrifiy uchrashuvda Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalar ijrosi hamda yil nomidan kelib chiqqan holda filial tomonidan “Yoʻl xaritasi” loyihasi ishlab chiqilgani va unga xodimlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Binobarin, sohada taʼlim boʻyicha olib borilayotgan oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, bitiruvchi mutaxassislar seleksiyasi bilan shugʻullanish ishlarini yanada jadallashtirish, yosh mutaxassislar bilan “Ustoz-shogird” tizimini innovatsion gʻoyalar bilan boyitish masalalari yuzasidan soʻz yuritildi.
Taʼlim, fan-ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash maqsadida respublika oliy oʻquv yurtlaridagi soha boʻyicha kafedralar bilan yaqindan hamkorlikni rivojlantirish, taʼlim tizimida soha atamalarining rivojlantirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishga kelishib oldilar. Murojaatnomada koʻtarilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarni Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulugʻbek kabi buyuk ajdodlarimiz merosini oʻrganish va ularning ilmiy xulosalarini sohaga tatbiq etish yuzasidan takliflarni berdilar.