Surxondaryoda Buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi.

Davra suhbatida Texnik jihatdan tartibga solish agentligining viloyat hududiy boʻlinmalari mutaxassislari hamda Termiz davlat pedagogika institutining oʻqituvchisi F.Qosimjonova ishtirok etib, har ikki allomaning asarlari xalqimiz uchun qoldirgan boy meroslarini oʻqib-oʻrganish orqali inson va uning maʼnaviy yuksalishiga katta yordam berishini taʼkidladi.