Agentlikning Buxoro viloyati hududiy bo‘linmalari hamkorligida buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arboblari jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan ikki buyuk daholar Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlarining 540 yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi 5-umumta’lim maktabida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo‘lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag‘ishlagani, o‘z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san’at ahlining moddiy va ma’naviy ko‘makchisi, san’at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo‘lgani tarixdan ma’lum. Uchrashuvda oliy toifali o‘qituvchi Qunduz Gadoyeva Mir Alisher Navoiy bobomizning turkiy va forsiy tillardagi g‘azallar bitgani, uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ko‘pligi, 51230 misradan tashkil topganligi, "Xamsa” esa shoirning shoh asari ekanligi to‘g‘risida so‘z bordi yuritdi.

Shuningdek, tadbirda Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda ma’lum va mashhurligi, uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘ringa ega ekanligi xususida so‘z bordi.

 Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi ayniqsa bolajonlar tomonidan ijro etilgan har bir qo‘shiq va she’rlar mehmonlar tomonidan iliq kutib olindi. Tadbir so‘ngida tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.