Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki xotin-qizlarimiz bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining Qoraqalpog‘iston xududiy filial va bo‘limlari tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda xodimalar bayramona ruhda kutib olindi va esdalik sovg‘alari topshirildi.