Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Qoraqalpogʻiston filiali tomonidan mahalliy eksportyor korxonalarga sohamizga oid masalalarda amaliy yordam berish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Filial xodimlari Taxiatosh tumanida faoliyat yuritayotgan “ATIYAJ-GULZAR” MCHJ korxonasida boʻldilar. Korxonada oliy, 1-chi va 2-chi navli bugʻdoy uni va makaron mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona tomonidan 1-navli boʻgʻdoy uni mahsulotlarini Afgʻoniston davlatiga eksport qilib kelinmoqda va kelgusida eksport geografiyasini kengaytirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Filial xodimlari tomonidan korxona masʼullariga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga standart talablariga toʻliq javob bera oladigan xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va sohamizga oid masalalar yuzasidan tegishli maslahatlar berildi.

Korxonaga filialimiz tomonidan mahsulotlarni sertifikatlashtirishda va sinovdan oʻtkazishda amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda. Korxona ISO 9001 va ISO 22000 standartlariga sertifikatlashtirilgan.

Tadbir davomida korxona masʼullariga “GSP+” imtiyozlar tizimi doirasida mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirish afzalliklari hamda importyor davlatlarda mahsulotlarga qoʻyilgan talablar yuzasidan tegishli maʼlumotlar taqdim etildi va boshqa davlatlarga eksportga yoʻnaltirish masalalari ham muhokama qilindi.