Kuni kecha Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKMda “UZCHARMEXPO- SHOESSTAR EURASIA 2023” 14-xаlqаro ko‘rgаzmаsi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda “ShoesStar” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil yetilgan sanoat anjumani Markaziy Osiyodagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri sanaladi.

Bu galgi ekspozitsiya geografiyasidan Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya, Portugaliya, Misr, Turkiya, Vengriya, Polsha, Latviya, Xitoy, Janubiy Afrika va boshqa davlatlari oʼrin oldi.

Ko‘rgazma doirasidagi  sessiyalarda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Tinglovchilarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiblari, mamlakatimizda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash sohasida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Jahon iqtisodiy tizimiga sohani

integratsiyalashuvini rivojlantirish bo‘limi