O‘zbekiston–Germaniya munosabatlarida ko‘p qirrali hamkorlik va ishonch tamoyillari ustuvorlik kasb etadi. O‘zaro aloqalarning barqaror rivojlanayotgani texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida ham manfaatli aloqalarga yo‘l ochmoqda.

Bugun videokonferensaloqa tarzida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Germaniayaning TÜV SÜD muvofiqlikni baholash idorasi o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: TÜV SÜD Germaniyaning mahsulotlar sinovi va sertifikatlashtirish, sifat menedjment tizimlari bo‘yicha dunyodagi yetakchi muvofiqlikni baholash idorasi hisoblanadi. Idora bosh

ofisi Myunxenda joylashgan. Kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab 800 ga yaqin ofislari mavjud. Yillik aylanma mablag‘i 2,4 milliard yevroni (2017 yil), xodimlar soni 24 000 nafarni tashkil etadi.

Videomuloqotda hamkorlik munosabatlarining istiqbollari muhokama qilindi. TÜV SÜD  muvofiqlikni baholash idorasi SE-markirovka, GS-markirovka, mahsulotlarning xalqaro va evropa talablari (EN, DIN, ISO, ASME, ASTM, AD 2000, IEC)ga muvofiqligini baholash, sifat menedjment tizimlarini sertifikatlashtirish, malakali  kadr tayyorlash sohasida tajriba almashishga va hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha navbatdagi uchrashuvni Germaniyada o’tkazishga va hamkorlik to‘g‘risida kelishuv loyihasi ishlab chiqishga kelishildi.