Agentlik tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Qashqadaryo hududiy filialida “Yoshlarga e’tibor-kelajakka e’tibor” mavzusida siyosiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Uchrashuvda viloyat ma’naviyat va marifat boshqarmasi targ‘ibotchisi, viloyat kengashi deputati, falsafa fanlari doktori Saodat Murtozova  ishtirok etib, mamlakatimizda so‘ngi yillarda yoshlar siyosatiga berilayotgan e’tibor, ularning jamiyatimizdagi faolligini oshirish, ilmiy ishlarga jalb etish va bugungi o‘zgarishlarning faol ishtirokchisiga aylantirish yuzasidan   ma’lumot berdi.
 Shuningdek, tadbirda inson qadrini ulug‘lashdek ezgu maqsad yotganligi va bunday  harakatlarga Prezidentimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.
Hozirda “Yangi O‘zbekiston”da bo‘layotgan o‘zgarishlar faqat inson qadrini ulug‘lash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fan va ilmni rivojlantirishga qaratilayotgani, jahondagi siyosiy-iqtisodiy vaziyatning mamlakatimiz globallashuviga ta’siri, inson qadr-qimmati uchun olib borilgan jahon tajribasidagi eng yaxshi amaliyotlarni qo‘llash, xalqimiz tinchligi, farovonligini oshirish yo‘lidagi ishlar eng to‘g‘ri yo‘l ekanligi alohida ta’kidlandi.