Mamlakatimizning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi kadrlar tayyorlashning  muvaffaqiyatli amalga oshishi bilan  bog‘liq. Shu maqsadda  Texnik jihatdan tartibga solish agentligida yuqori malakali va tajribali kadrlar tayyorlashga yanada keng e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 24 mayidan 6 iyuniga qadar Xitoy Xalq Respublikasining Savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan "Food and Agricultural Products Standardization for Developing Countriyes" mavzusidasidagi  onlayn seminarga 24 may kuni start beriladi.

Tadbir ishtirokchilari seminar davomida Xitoyning standartlashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, standartlashtirishning asosiy prinsiplari, standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita, milliy standartlarni ishlab chiqish, xalqaro (mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari qo‘llanilishi, standartlarni e’lon qilish, tarqatish va nashr etish  kabi tajribalarini o‘rganishadi.