Kecha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi tashabbusi bilan da “Gender tenglik-davr talabi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Toshkent shahar kengashi, Toshkent shahar hokimligining Oila va xotin qizlar boshqarmasi vakillari qatnashishdi. Agentlik va tizim tashkiloti Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda ayollarning o‘qishi, ishlashi va farovon yashashi uchun hukumatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyat va sharoitlar sanab o‘tildi.
Ma’ruzachilar nutqida ayollar uchun davlat tomonidan ajratilgan grantlar, qo‘shimcha imkoniyatlar misollar asosida ta’kidlab o‘tildi. Seminar mehmonlari ishtirokchilarning huquqiy mavzuga doir savollariga javob berib o‘tishdi.