Samarqand shahrida joylashgan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali mas’ullari mebel mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Arzanda bolalar mebeli” oilaviy korxonasida bo‘lishib ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, tadbirkorning korxona faoliyatini kengaytirish boʻyicha takliflari oʻrganildi hamda tavsiyalar berildi.