O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ko‘magida Yevropa Ittifoqi (YeI) tomonidan moliyalashtiriladigan, Xalqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshiriladigan “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida joriy yilning 11 iyul kuni soha yo‘nalishidagi davlat va xususiy sektordagi mutaxassislar uchun “Xalqaro standartlar va ularni qo‘llash doirasi” mavzusidagi  o‘quv seminari tashkil etildi.

60 dan ortiq davlat va xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar ishtirok etgan o‘quv seminarida xalqaro ekspert Glen Bosman tomonidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi:

• Standartlar, Texnik reglamentlar va JST

• Codex, UNECE VDE/DKE, Oeko-Tex standartlari

• O‘zbekiston ISO and IEC a’zoligi

• ISO standartlarini ishlab chiqish.

O‘quv seminari davomi ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar o‘rganildi, xalqaro ekspert Glen Bosman  tomonidan barcha savollariga batafsil javob berildi.