O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTYeST” markazi Navoiy filiali mutaxassislari tomonidan Karmana tumanida  joylashgan Navoiy  iqtisodiy  hududida alyumin va PVX profillardan tayyorlangan deraza va eshik  bloklari uchun rezina zichlagichlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Akfa extrusions” korxonasi vakillari bilan sohaga oid muammolar o‘rganildi.

Korxonada tayyorlanayotgan mahsulotni me’yoriy hujjattalar bo‘yicha qadoqlash, yorliqlash, saqlash, tashish yuzasidan muzokaralar jarayonida filiali mutaxassislari tomonidan batafsil  ma’lumotlar taqdim etildi.

Bu yerda hozirda mahsulotni sertifikatlashtirish  jarayoniga tayyorlanmoqda. Korxonaga muvofiqlik sertifikatini olish uchun  amaliy ko‘mak va kerakli maslahatlar berildi.

 Hozirgi kunda “Akfa extrusions” korxonada ishlab chiqarilgan alyumin va PVX profillardan tayyorlangan deraza va eshik bloklari uchun rezina zichlagichlari Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston  davlatlariga export qilib kelmoqda.