Texnik jihatdan tartibga solish agenligi viloyatlardagi mutaxassislari eksportyor korxonalar bilan yaqindan ish yuritishmoqda.

Agentlikning Davlat Nazorat Departamenti, “UzTEST” DM va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Surxondaryo filiallari mutaxassislari “Surxon teks” MChJda eksportga ko‘maklashish, sohaga oid muammolarni o‘rganish hamda qonunchilikdagi yangiliklarni yetkazish maqsadida jamiyatda bo‘lishdi. Jamiyat rahbariyatiga xalqaro standartlar hamda “OEKO-TEX” xalqaro standarti bo‘yicha tushunchalar berildi. “OEKO-TEX” xalqaro standartini joriy qilish va sertifikatlashtirish bo‘yicha kelishib olindi.