Joriy yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Xitoy Xalq Respublikasining Sertifikatlashtirish va inspeksiya guruhi (CCIC) xuzuridagi Sifat sertifikatlashtirish markazi (CQC) va Shanxay shahri Pudong tumani Bozorlarni tartibga solish tashkiloti (SAMR Pudong) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Iqtisodiy va savdo munosabatlarida texnik to‘siqlarni bartaraf etish, muvofiqlikni baxolash soxasida xamkorlikni rivojlantirish, "Bir makon, bir yo‘l" grant loyihasi doirasidagi davlat nazorati va muvofiqlikni baxolash sohalari bo‘yicha  mutaxassislarni   qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi davlat muassasasi va O‘zbekiston  milliy metrologiya instituti laboratoriyalarning texnik bazasi bilan yaqindan tanishtirildi.

Yaratilgan infratuzilma, laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va me’yoriy talablarga mosligi Xitoy delegatsiyasi tomonidan tomonidan e’tirof etildi.

Xitoylik ekspertlar tomonidan bugungi kunda O‘zbekiston hududlarida zamonaviy laboratoriya infratuzilmalarini tashkil etilar ekan, kadrlar masalasi, ularning malakasi katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, soha yo‘nalishlarda ikkitomonlama ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni  faollashtirishga kelishildi.