O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “UzTest” markazi Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan Narpay tumanida joylashgan “Samarkand Silk AO” MChJ vakillari bilan uchrashib, korxonada olib borilayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur korxonaning asosiy faoliyati pilla mahsulotlarini qayta ishlab, eksport qilishdan iborat. Suhbat jarayonida mutaxassislar korxona vakillariga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 826-sonli qaroridagi xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatlashtirish bo‘yicha berilgan imtiyozlar to‘g‘risida keng tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.