Kuni kecha Buxoro viloyatining “Wyndham Bukhara” mehmonxonasida Germaniyaning “WIKA Instrumentation” vakillari tomonidan “Neft va gaz hamda kimyo sohasida o‘lchash vositalari va avtomatizatsiyalashning asosiy tendensiyalarini o‘rganish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda neft va gaz, kimyo va energetika sohalari vakillari ishtirok etdi. Seminar davomida qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib barcha berilgan savollar o‘z javobini topdi.

“WIKA Instrumentation” vakillari O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “O‘zMMI” DM va “UzTest” markazi Buxoro filiallarida yaratilgan infratuzilma va tashkil etilgan laboraoriyalar bilan tanishtirildi. Shuningdek, “O‘zMMI” DM va “WIKA Instrumentation” o‘rtasida o‘zaro xamkorlikni yo‘lga qo‘yish natijasida filialga investitsiya jalb qilish hamda kalibrlash laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.