OʻzTTSA “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” Jizzax filialining Sertifikatlashtirish boʻlimi xodimlari viloyatda joylashgan sanoat korxonalari bilan sohaga oid keng koʻlamli hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyishgan. Hamkorlik doirasida Jizzax shahrida joylashgan “Iskandarning orzulari” MCHJda ishlab chiqarilayotgan poliyetilen plyonka mahsulotini sertifikatlashtirishda amaliy yordam koʻrsatildi.
Korxona xodimlari bilan uchrashuv davomida sohaga oid keng koʻlamli tavsiyalar berildi.