Mamlakatimizdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi sanoat va eksportyor korxonalarga keng imkoniyatlar yaratilib, mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksportga yo‘naltirishga berilgan xulosalarni tan olinishiga hamda xorijiy davlatlarda ortiqcha sinovlar olib borilishi uchun qo‘shimcha xarajatlar tejalishiga erishilmoqda.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “UzTest” DM Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan hududdagi ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalarga amaliy yordam va konsultativ xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

Filialning sinov laboratoriyalar majmuasi  O'z Dst ISO/IEC 17025-2019   talablari bo‘yicha  akkreditatsiyadan o‘tkazilib, faoliyat olib bormoqda.

Ishlab chiqaruvchi korxonalar va tadbirkorlarga qo‘layliklar yaratish maqsadida, namunalarni tez va sifatli tarzda laboratoriyaga yetkazib berish uchun maxsus avtomobil bilan ta’minlanib, logistika xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari sinov laboratoriyasida Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan “Santexgazmontaj” MChJning 1-navli bug‘doy uni mahsuloti sinovdan o‘tkazildi va sinov bayonnomasi ramiylashtirildi.