Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi  “UzTest” DM Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan mahalliy eksportyor korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etish boʻyicha tizimli hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
Qonlikoʻl tumanida faoliyat yuritayotgan “Kanteks invest” MCHJ toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanib keladi. Korxonaning yillik quvvati 10 800 tonnani tashkil etib asosan ip kalava va trikotaj mato mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona tomonidan yiliga 12 mln. AQSH dollaridan ortiq ip kalava mahsulotlari Rossiya va Turkiya davlatlariga eksport qilib kelinmoqda. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida korxona tomonidan 8 mln. 150 ming AQSH dollari miqdorida ip kalava va trikotaj mato mahsulotlari eksport qilindi.
“Kanteks invest” MCHJ OEKO-TEX STANDARD 100 xalqaro standarti talablari asosida sertifikatlashtirildi.
Filial tomonidan korxonaga standartlashtirish, sertifikatsiyalashtirish, mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish, sifat menejment tizimlari joriy etish hamda sohaga oid boshqa masalalar  yuzasidan amaliy yordam koʻrsatilib  suhbatlar davomida mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi.