Kecha Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filialida OʻzTTSAning Davlat nazorati Departamenti “UzTest” Buxoro filiallari xodimlari ishtirokida “Biz Korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Unda Buxoro viloyati prokuraturasi prokurori Aziz Yahyoyev ishtirok etdi.
Huquqni muhofaza qilish idorasi vakili yigʻilganlar bilan suhbat davomida viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar toʻgrisida gapirib oʻtdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirokidagi Korrupsiyaga qarshi tadbirlar agentlikning Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon filiallarida ham oʻtkazildi.