Shu kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “InnoWeek -2023" innovatsion g’oyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. 16-20 oktyabr kunlarida bo‘lib o‘tayotgan innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi talabalar shaharchasidagi “Alpomish” muz saroyida “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida tashkil qilingan. 

Innovatsion g’oyalar haftaligida ilk bor O‘zTTSA O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ham o‘z taqdimoti va ko‘rgazmasi bilan ishtirok etmoqda. Yurtimizda o‘tkazilayotgan bu kabi ko‘rgazmalar yosh olimlar va izlanuvchilar uchun minbar vazifasini o‘taydi. Tadbir qatnashchilari o‘z iqtidori va salohiyati natijalari – ilmiy ishlanmalarini namoyish etishlari uchun muhim ahamiyatlidir.