Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Samarqand viloyati hududiy filiallari xodimlari ishtirokida “Ona tilim gʻururim, faxrim” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oliy Majlis Senati aʼzosi, “Zarafshon” gazetasi bosh muharriri, shoir F.Toshev, OʻzTTSA Bosh direktori matbuot kotibi R.Rasulov, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti matbuot kotibi  A.Toʻrayev, Samarqand viloyati maʼnaviyat va maʼrifat markazi targʻibotchilari O.Shodiyeva, M.Mamatovalar ishtirok etishdi.
Davra suhbati samimiy tarzda, savol javob usulida qiziqarli ruhda oʻtkazildi.
Faol ishtirok etgan xodimlarga ijodkor F.Toshev oʻz muallifligida chop etilgan asarlar toʻplamlarini tuhfa qildi.   
Tadbir “Samarqand kuni”da tashkil etilgani ham ishtirokchilarga koʻtarinkilik kayfiyatini bagʻishladi.