O‘zTTSA “UzTest” Navoiy filiali mutaxassislari “Navoiy  iqtisodiy  hududi”da  joylashgan  bosimga chidamli polipropilen va poliyetilen quvurlar va ularni butlovchi qismlari  mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Polipropilen quvurlar” MChJ  hamda “Polietilen quvurlar” MChJda bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari  bilan  yaqindan tanishdilar. Shuningdek, korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini qayta baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari korxonada ISO 9001, ISO 14001  xalqaro standartlarni  joriy qilish bo‘yicha filial xodimlari tomonidan kerakli  maslahatlar  va zarur ma’lumotlar taqdim etildi.