Onlayn shaklda tashkil etilayotgan IECning 87-chi Bosh Assambleya yig‘ilishida 100 dan ortiq mamlakatdan qatnashuvchilar savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, energetika va elektrotexnika standartlarini takomillashtirish, yangi loyihalar, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va a’zo mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, IEC energetika va elektrotexnika sanoatiga zarur bo‘lgan xalqaro standartlarni ishlab chiqish shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. 1906 yilda tashkil topgan, bosh qarorgohi Jeneva shaxrida (Shvetsariya), rasmiy tillari ingliz va fransuz. IECga a’zo davlatlar soni 83 tani tashkil etadi shundan to‘laqonli a’zo davlatlar  60 ta, assotsiatsiyalashgan a’zo davlatlar soni 23 tani tashkil etadi, MDH davlatlaridan Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Gruziya, Ukraina davlatlari a’zo. O‘zbekiston 2023 yildan mazkur tashkilotga assotsiatsiyalashgan  a’zo hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2023 yil 08 avgustdagi PQ-269-sonli qaroriga muvofiq, IECga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga mas’ul davlat organi sifatida Texnik jihatdan tartibga solish agentligini belgilangan.

IECning Bosh Assambleya yig‘ilishiga ilk marotaba O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi assotsiatsiyalashgan a’zo sifatida taklif etildi va unda  agentlik vakili  nutq so‘zladi. Tabdirda  O‘zbekistonning a’zoligi IEC prezidenti janob Jo Cops va IEC ga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan qutladilar, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarning yanada kengaytirishga umid bildirdilar.