Joriy yilning 27,28-oktyabr kunlari Toshkent davlat texnika universitetining “O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazi”da XXVII “Innjvatsiya-2023” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining 35-yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan anjumanda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali mas’ullari tomonidan “Buxoro viloyatida xalqaro standart talablari asosida o‘lchash vositalariga metrologik xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish” mavzusida  ma’ruzalar  qilindi.

Grant mablag‘i hisobida olinadigan zamonaviy uskunalar faoliyati natijasida chetga chiqib ketayotgan valyutani tejab qolinishi, vaqtdan yutish, sifatli xizmatlar ko‘rsatilishi yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar ishtirokchilar, olimlar va yirik korxona  rahbarlarining e’tiborini tortdi.

Seminar ishi yakunida filial mutaxassislari va ilmiy ishlar bo‘yicha loyiha rahbari “O‘zekspomarkaz”da tashkillashtirilgan Xalqaro ko‘rgazmada bo‘lib, yangi uskunalarning ishlash prinsiplari bilan tanishdilar va soha uchun zarur bo‘lgan sinov uskunalarini xarid qilish masalalari kelishib olindi.