Turkiya Savdo vazirligining mahsulot xavfsizligi va nazorat departamenti va Turk standartlari instituti hamkorligida Gebze sifat kampusida mutaxassislar uchun treyning seminar o‘tkazilmoqda.
Tadbirda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati, korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish mavzularida Turkiya tajribasi o‘rganiladi.