O‘zTTSA “UzTest” markazi Samarqand filiali xodimlari Kattaqo‘g‘on tumanida joylashgan yirik sanoat ob’ekti – yiliga 3 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega “Hengyuan Cement” MCHJ xorijiy korxonasida bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi hamda  sohaga doir qonunchiliklar to‘g‘risida keng tushunchalar berishdi. Hozirda korxonaga ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan, chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarini muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek,  korxona vakillari bilan hamkorlikda ishlash doimiy yo‘lga qo‘yilgan.