O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” markazi Samarqand filiali xodimlari Samarqand shahrida joylashgan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “La Plante Verde” korxonasida bo‘lib ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi. O‘z o‘rnida korxona vakillariga sohaga doir qonunchiliklar to‘g‘risida keng tushunchalar berildi.