Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi “WORLD TRADING COMPANY” MChJ QK faoliyatida texnik jihatdan  tartibga solish sohasi bo‘yicha O‘zTTSA “UzTest” markazi xodimlari tomonidan muammolarni o‘rganish o‘tkazildi.

Bu yerda avtomobillar uchun sifatli uchqun simlari, antifriz va havo filtrlari ishlab chiqarilamoqda. Bu mahsulotlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Gruziya davlatlariga eksport qilinmoqda.

Shu bilan birga, korxonaga kelgusida ishlab chiqariladigan yangi turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish, eksport geografiyasini kengaytirish uchun xorijiy davlatlarning xalqaro standartlarini tatbiq etish va sohaga oid boshqa masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “O‘zbekiston respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarorida belgilangan imtiyozlar asosida eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan xalqaro sertifikatlar olish uchun xarajatlarni to‘lab berishda moliyaviy yordam olish mumkinligi bo‘yicha tushunchalar berildi.