Bugun Malayziya standartlar tashkiloti (Standards Malaysia) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib  o‘tdi. Unda  ikki va ko‘p tomonlama  hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinib, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash tizimlarini xalqaro tamoyillar asosida shakllantirish va rivojlantirishda orttirilgan tajriba  almashish, kadrlar tayyorlash va professional malaka oshirish ishlarini  hamkorlikda tashkil qilish, texnik qo‘mitalarni rivojlantirishda texnik ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va shu orqali texnik ekspertlar bazasini shakllantirishda hamkorlik qilish. "The Malaysian Technical Cooperation Program" loyihasi doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalriga e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga muvofiqlikni baholash natijalarini tan olish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, muvofiqlikni baholash natijalarini tan olish masalasi yuzasidan tegishli idoralar bilan qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etishga kelishildi.