Agentlikning hududlardagi tizim tashkilotlari mutaxassislari tomonidan kichik sanoat zonalardagi eksportyor korxonalarga hukumatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar to‘g’risida ma’lumotlar berilmoqda.

“UzTEST” markazi Samarqand filiali xodimlari Jomboy tumanida joylashgan kimyo mahsulotlarini (granula, polipropilen qop)  ishlab chiqaruvchi “Samarkand-Golden Colors” MCHJ  korxonasida bo‘lib ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mutaxassislar korxona vakillariga xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatlashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida keng tushunchalar berib o‘tildi.

Korxona vakillari mahsulotlar muvofiqligini baholash, mahsulotlar sinovi va xalqaro standartlarni joriy qilish hamda sertifikatlashtirish bo‘yicha kelgusida hamkorlikda ishlashini ta’kidlab o‘tdi.