Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakili Konstantin Zligostev va O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning keyingi yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda shu kungacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi va uning natijalari yuqori baholandi.

 Bundan tashqari, kun tartibidagi muhim masalalar bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rosstandart o‘rtasidagi hamkorlik dasturini amalga oshirish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlari va oliy o‘quv yurtlarining standartlashtirish, texnik tartibga solish va metrologiya sohasida o‘zaro hamkorligi masalalari bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi tegishli qarori bilan Texnik jihatdan tartibga solish sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda Texnik reglamentlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilash dasturini tasdiqlandi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik va integratsia boshqarmasi