O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov  Turk Standartlar instituti  (TSE) prezidenti Mahmut Shaxin Sami bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ikki va ko‘p tomonlama shakllarda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

2023-yilning 25-26 dekabr kunlari Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining yettinchi yig‘ilishi hamda Biznes-forumi doirasida erishilgan kelishuvlarni tezroq ro‘yobga chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, suhbat chog‘ida O‘zbek Turk Test Markazi qo‘shma korxonasi faoliyatini yanada kengaytirish, standartlashtirish va muvofiqlikni  baholash sohasida kadrlar malakasini oshirish, to‘qimachilik va charm-poyabzal mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladigan standartlarni birxillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Suhbat yakunida tomonlar hamkorlikning muhokama qilingan yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirib, O‘zbek Turk Test Markazi qo‘shma korxonasi ta’sischilarining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Amaliy hamkorlik dasturi loyihasi imzolash masalalari ham kelishildi.