Inson qalbi hamisha go‘zallaka oshufta. Tabiattdagi o‘yg‘onish, go‘zallik, guli-rayhonlarning ochilishi va muattar bo‘y taratishlari ko‘nglimizga ajib bir tuyg‘ularni hadya etadi.

Olis qish faslida mudrab yotgan his tuyg‘ular, aynan bahorning zavqli damlarida o‘yg‘onadi. Ayniqsa ko‘klamning kelinchagi bo‘lmish Navro‘zi olam bilan yuzlashganimizda yuraklarimiz quvonchdan hapqirib ketadi.

Bahordan boshlanar go‘zallik fasli,

Yilning ilk tongidir olamda asli.

Navro‘zni xush ko‘rgan xush yashar abad,

Baxtga musharrafdir ul inson nasli! degan misralari xayollarimizni band etadi.

Haqiqatdan ham bu yilgi Navro‘z bayramiga “O‘zstandart” agentligida ham o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Navro‘z mehr-oqibat, birdamlik, ahillik, tinchlikni, xotirjamlikni tarannum etadigan muqaddas bayramdir. Ayni shu kunlarda agentlik va uning tashkilotlarida bayramni munosib sovg‘alar bilan kutib olishga hozirlik ko‘rilmoqda.

   Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin. Aziz yurtdoshlar.