“O‘zstandart” agentligi Bosh direktor A. Xaitov Turkiya Milliy metrologiya institutiga tashrif buyurdi

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Xaitovning Turkiya Respublikasiga xizmat safari doirasida, Turkiya Milliy metrologiya instituti bilan metrologiya sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi ham bor edi.

Shu maqsadda A. Xaitov joriy yilning 27 aprel kuni Turkiya Milliy metrologiya instituti Prezidenti - Doktor Mustafo Chetindosh bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Turkiya Milliy metrologiya instituti rahbariyati tomonidan Milliy metrologiya institutining o‘lchov laboratoriyalarini infratuzilmasi bilan tanishish, va institutning metrologiya sohasi bo‘yicha faoliyati va xalqaro tashkilotlarda olib borayotgan ishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Haqiqatdan ham Turk standartlari institutining milliy va xalqaro darajada olib borayotgan tajribasi o‘rgansa va tadbiq etishga arziydi.

Olib borilgan muzokaralar natijasida A. Xaitov “O‘zstandart” agentligi tizimida shu kabi ish tajribalarni almashish va qo‘llash hamda Turkiya Milliy metrologiya instituti bilan Memorandum yoki do‘stona shartnomalarni imzolash orqali ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.

Mazkur taklif har ikki tomon uchun manfaatli ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

Kelgusida “O‘zstandart” agentligi tizimi xodimlarini Turkiya Milliy metrologiya institutida malakalarini oshirishlariga kelishib olindi.

“O‘zstandart” agentligi Matbuot xizmati.