MChJ "O`zbek-Turk Test Markazi" qo‘shma korxonasi sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi kompetentligini tasdiqlash bo‘yicha navbatdagi inspeksiya nazorati va akkreditatsiya doirasini kengaytirish auditi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

MChJ "O`zbek-Turk Test Markazi" qo‘shma korxonasi sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish idorasini kompitentligini tasdiqlash maqsadida, Turkiya akkreditatsiya tashkiloti (TURKAK) tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi inspeksiya nazorati va akkreditatsiya doirasini - EA 05 (oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish), EA 03 (Teri mahsulotlari ishlab chiqarish) sohalariga kengaytirish bo‘yicha akkreditatsiya auditi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tasdiqlangan dasturga muvofiq ekspertlar guruhi tomonidan sifat menejmenti tizimining sertifikatlashtirish idorasidagi menejment tizimi, xodimlarning layoqatliligi, hujjatlar bilan ta’minlanganligi, akkreditatsiya doirasini kengaytirishda sertifikatlashtirish idorasining xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ish jarayonlari kuzatib borildi.

Audit jarayonida sertifikatlashtirish idorasini faoliyatini baholash maqsadida, idora tomonidan berilgan sertifikatlarning hujjatlar to‘plami o‘rganildi. Shuningdek, muvofiqlikni baholashni joylarga chiqib o‘rganish natijasida, sifat tizimlarini boshqarish sertifikatlashtirish idorasining sifat mezonlari ISO/IEC 17021 “Muvofiqlikni baholash. Boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish va audit o‘tkazuvchi idoralarga qo‘yilgan talablar” standartiga muvofiq ekanligi aniqlandi va audit dalolatnomalari rasmiylashtirildi.