«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Bosh direktor o'rinbosari

Telefon: 0 (371) 202-00-11

Qabul kunlari: Juma 08-00 dan 11-00 gacha

 Elektron pochta:  uzst@standart.uz

Tarjimai holi: 1980 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2001 yilda Toshkent davlat yuridik instituti (bakalavr), 2017 yilda – (magistratura) Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.   

Mehnat faoliyati:

2003-2003 yillarda – “Savod-advokat” firmasining ish o‘rganuvchisi;

2003-2004 yillarda – “Asaka-bank” davlat aktsionerlik tijorat banki Sergeli filialining yetakchi yuriskonsulti;

2004-2006 yillarda – O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sud majlisi kotibi, arxiv mudiri;

2006-2008 yillarda – Sud departamentining statistika va tahlil bo‘limi yetakchi inspektori;

2008-2010 yillarda - Sud departamentining Tashkiliy nazorat va tahlil boshqarmasi yetakchi inspektori, Statistika va tahlil bo‘limi bosh inspektori;

2010-2015 yillarda – “O’zstandart” agentligi yuridik maslahatchisi, kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassisi;

2015-2017 yillarda – Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichi talabasi;

2016-2016 yillarda – “O’zdonmaxsulot” aktsiyadorlik kompaniyasi Ishlar boshqarmasi bo‘yicha bosh inspektori;

2016-2018 yillarda – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Matbuot va tahririyat bo‘limining 1-toifali mutaxassisi (0,5 stavka); Axborot-tahlil bo‘limining 1-toifali mutaxassisi (0,5 stavka), katta referenti; Axborot-tahlil bo‘limi Sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini tahlil  qilish sho‘‘basining bosh maslahatchisi;

2018-2018 yillarda – O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish va davlat organlariga elektron shaklda yetkazish guruhi bosh maslahatchisi;

2018-2019 yillarda – O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi bosh maslahatchisi;

2019 - x.v. – “O’zstandart” agentligi bosh direktor o‘rinbosari

Kiyamov R.B. oilali, ikki nafar farzandi bor.