Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



“O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiida “Ishonch telefoni” orqali kelgan murojaatlarni qabul qilish, hujjatlashtirish va tegishli tarkibiy tuzilmalarga jo‘natish tartibi

“Ishonch telefoni”ga keladigan murojaatlarni qabul qilish (+998 71) 202-11-01 telefon raqami orqali amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilish mas’ul xodim tomonidan dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.

“Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilish real vaqt rejimida mas’ul xodim hamda jismoniy va yuridik shaxs o‘rtasidagi suhbat shaklida amalga oshiriladi.

“Ishonch telefoni” tizimida chaqiriq signali kelganda mas’ul xodim abonent bilan suhbatga kirishadi hamda unga murojaat qilish, shuningdek, “Ishonch telefoni” bo‘yicha murojaatni taqdim etish tartibini tushuntiradi.

Erkin suhbat davomida mas’ul xodim murojaat qilgan jismoniy shaxsni xulqini tahlil etib, uning so‘zida mumkin bo‘lgan ruhiy chekinishlar belgilarini aniqlaydi, shuningdek, ruhiy chekinish alomatlari mavjud shaxslarni axboroti ishonchliligini ham inobatga olishi kerak. Aloqa qayerdan ulanganligini ham aniqlanadi – chet eldanmi yoki O‘zbekiston hududidanmi. Keyinchalik, odob bilan mas’ul xodim murojaat qilgan shaxsni savollarga javob berish uchun vaqti mavjudligini aniqlashtiradi, telefon raqamini beraoladimi yoki boshqa aloqa usuli bilan u bilan bog‘laniladimi, familiya, ismi va otasining ismini so‘raydi. Agar unda biron-bir hujjat yoki hujjatga oid material mavjud bo‘lsa, jismoniy shaxsga faks orqali yoki elektron pochta orqali agentlikning rasmiy elektron manziliga yuborishni taklif etadi.

Mas’ul xodim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni”ga murojaatlari hujjatlashtiriladi, ya’ni murojaatlar qayd etiladi va hisobi yuritiladi. Murojaat qayd etilganidan so‘ng, usha kunidan kechiktirmasdan rahbariyatga murojaat matni bajaruvchilarini tayinlash uchun beriladi. Qayd etish kitobi raqamlanadi va tikilib, muhrlanadi.

Mas’ul xodim har kuni 18-00 holatiga “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarning yagona ma’lumotini tayyorlaydi.

Ma’lumotda “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni soni, xususiyati va qisqacha mazmuni aks ettiriladi.

Murojaatlar bo‘yicha tuzilgan yagona ma’lumot keyingi kun soat 10-00 gacha rahbar qabulxonasiga taqdim etiladi.

Agentlikning Matbuot, axborot-tahlil va ijro nazorati kotibiyati rahbari har chorakda “Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlarni tahlilini amalga oshiradi va tahlilni rahbariyatga taqdim etadi.