Ma’lumki Surxon zamini mamlakatimizning janubiy mintaqasi hisoblanadi. Shu bois bu hududning kengliklariga va viqorli tog‘lari hamda adirliklariga bahorning yoqimli shabadalari erta tashrif buyuradi.
Shuning uchun ham, xalqimiz orasida janub quyoshining o‘ziga xos harorati va taftining hikmati borligi bejiz e’tirof qilinmagan ko‘rinadi.
Joriy yilning 11 may kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida navbatdagi Sayyor qabul uchrashuvi tashkil etildi.
Tuman hokimligi bilan tashkil etilgan uchrashuvga jismoniy va yuridik shaxslar taklif etildi. Sayyor qabul tadbirida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot kotibi A.Rasulov, Standartlashtirish boshqarmasi boshlig‘i S.Maqsudov, Surxondaryo Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i G‘.Karimov va Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori F.Hamdamovlar ishtirok etdilar.
Sayyor qabul jarayonida tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalari vakillariga dastlab “O‘zstandart” agentligi faoliyati aks etgan video roligi namoyish etildi. Shundan so‘ng ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Albatta, olis hududlarimizda xalq bilan tizimli yo‘lga qo‘yilgan bunday uchrashuvlar, Sayyor qabullar “O‘zstandart” agentligi faoliyatida uchrab turadigan ko‘pgina muammolarni joyida hal etish imkoniyatini bermoqda.