“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimovning topshirig‘i asosida “Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasi tomonidan Qashqadaryo viloyati miqyosida sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish va eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda muvofiqlikni baholash natijalarini xorijiy mamlakatlarda tan olinishini ta’minlash yuzasidan bir qator yangicha yondoshuvlar amaliyotga joriy etilmoqda.
Xususan, markazning tashabbusi bilan tuzilgan “Harakat Dasturi” doirasida joriy yilning 21-22 may kunlari markazning “Fizik-kimyoviy” sinov laboratoriyasida barcha turdagi meva va sabzavot mahsulotlari va ziravorlarni sifat ko‘rsatgichlarini aniqlashda qo‘llaniladigan sinov usullari amaldagi xalqaro standartlariga asosan xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
Mazkur masalaning ijrosini ta’minlash maqsadida Turkiya davlatining “TurkAK” xalqaro akkreditatsiya idorasining xalqaro darajadagi yetakchi ekspert-auditorlari tomonidan baholash ishlari o‘tkazildi.
Quvonarli jihati shundaki, o‘tkazilgan baholash xulosa natijasida “Fizik-kimyoviy” sinov laboratoriyasining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ijobiy baholandi.
Buning natijasida rasmiylashtirilayotgan sinov usullari jahon miqyosida tan olinadigan bo‘ldi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты