Avval xabar qilganimizdek, “O‘zstandart” agentligi tomonidan tayyorlab Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan “Nazorat xaridi” qaror loyihasini tasdiqlash yuzasidan respublikamizdagi yetakchi partiyalar bilan hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘ymoqda.
Bugun navbatdagi uchrashuv Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati- O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi faollari bilan bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, “O‘zstandart” agentligi tomonidan tizimli ravishda tashkil etib kelinayotgan “Nazorat xaridi” natijasida xalqimiz va ichki iste’mol bozorlarimizni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish borasida bir qator ishlar bajarildi.
Bunday jarayonning ochiqligini ta’minlashda OAVlari xodimlari va Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Partiya rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot kotibi A.Rasulov, O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti direktori o‘rinbosari M.Jalilov va Boshqarma boshlig‘i J.Meliboyev va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Dastlab uchrashuvni “O‘zstandart” agentligi Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov kirish so‘zi bilan ochib, Agentlik tomonidan olib borilayotgan ishlar va mazkur qaror loyihasidan ko‘zlangan maqsad va mohiyatga to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng uchrashuv ishtirokchilari e’tiboriga qaror loyihasi bandlari ko‘rgazmali material orqali batavfsil tushuntirildi.
Shundan so‘ng Partiya mas’ullari o‘zlarining savollari hamda taklif hamda tavfsiyalari bilan o‘rtoqlashib, mazkur harakatni keng jamoatchilik e’tiboriga havola etish va bu borada zaruriy ko‘makni berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.