Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi-davlat korxonasida kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni samarali mexanizmlarini joriy etish, tashabbuskor kadrlarni jalb etish, xodimlar kasb mahoratni oshirish borasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, markazda 2018 yilga belgilangan harakatlar strategiyasining 3-bandi ijrosini ta’minlash, kadrlar zaxirasini tayyorlash maqsadida markaz raxbariyati va Jizzax Politexnika institutining 3-kurs talabalaridan bilimli, chet tillarini puxta o‘zlashtirishgan, axborot texnologiyalarida unumli foydalanadigan talabalari bilan suxbat tashkil etildi.

Suxbatda talabalarning amaliyot rejasi asosida belgilangan dasturga muvofiq xar bir yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarga biriktirish, kelgusida zaxira kadrlarni ish bilan ta’minlash yuzasidan kelishib olindi.

Malakaviy diplom bitiruv ishlari bo‘yicha soxada mavjud dolzarb mavzular tanlanishi va shu mavzu bo‘yicha ishlash takliflari bildirildi.

Uchrashuv natijasi bo‘yicha Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi-davlat korxonasi va Jizzax politexnika instituti bilan real integratsion aloqalar hamda o‘zaro hamkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzlandi.