Yurtimizda azal-azaldan mahalla tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Sifatsiz mahsulotlardan ichki bozorni himoyalash borasida jamoatchilik nazoratini tashkil etishda mahallalarning o‘rni va ahamiyati beqiyos.

Mamlakatimizda mahalla institutining nufuzini oshirishda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lishiga katta e’tibor qaratilmoqda, ustuvor vazifa sifatida belgilanib kelinmoqda.
Hozirgi kunda sifatsiz mahsulotlardan himoyalash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etishda hamda Fuqarolar yig‘inining jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyalari huquqiy bilimini oshirishda “O‘zstandart” agentligi faoliyatini tashkil etuvchi qonunlarning roli oltib bormoqda.

Shu munosabat bilan “O‘zstandart” agentligining Samarqand hududiy boshqarma va markazi tomonidan Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kursi bilan hamkorlikda mahalla raislari ishtirokida “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya qonuniy va me’yoriy-huquqiy asoslari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv seminariga mahalla raislarining katta qiziqishiga sabab bo‘ldi, shuningdek ular tomonidan mahallalarda ham shu kabi tadbirlar tashkil etish zarurligi haqida takliflar bildirildi, bu borada boshqarma va markaz hokimliklar hamda mahalla institutlari bilan hamkorlikda seminarlar joylarda tashkil etishga kelishib olindi, kontaktlar almashinildi.

Sohani yoritish bo‘yicha shu kabi seminarlarni tashkil etish, aholining huquqiy savodhonligining ortishiga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.